Onlayn to‘y taklifnomalari

To‘y taklifnomangiz — bir havolada

Yoqtirgan dizayningizni tanlang, to‘y ma’lumotlarini yuboring. Taklifnomangizni biz tayyorlaymiz — siz esa to‘yga tayyorlanasiz.

Dizayn tanlash

Bir martalik to‘lov.

Namunani ochish
01

Kiprik qoqquncha tayyor

  1. 1

    Dizayn tanlang

    Namunalarni ko‘ring va didingizga mosini tanlang.

  2. 2

    To‘y ma’lumotlarini yuboring

    Aloqa uchun ism va telefon raqamingizni qoldiring.

  3. 3

    Yaqinlaringizga ulashing

    Biz tayyorlaymiz va havolani yuboramiz. Uni Telegram orqali mehmonlarga ulashing.

02

Barcha kerakli ma’lumotlar bitta havolada

  • To‘ygacha qolgan vaqt

    Muhim kuningizgacha qancha vaqt qolganini ko‘rsatadi.

  • To‘y manzili xaritada

    To‘yxona joylashuvini xaritada ochib ko‘rishadi.

  • Suratlaringiz va musiqangiz

    Taklifnomaga o‘zingiz istagan kayfiyatni bering.

  • Tashrifni tasdiqlash

    Mehmonlaringiz kelishlarini bildirishadi.

  • Chiroyli muqova

    Yuborgan havolangiz muqova bilan ko‘rinadi.

  • Telefonda qulay ko‘rinish

    Taklifnomani havola orqali ochib ko‘rishadi.

03

Taklifnoma narxi

Asl narx 100 000 soʻm-35%

Chegirmali narx 65 000 soʻm

Bir taklifnoma uchun bir martalik to‘lov. Oylik obuna yo‘q.

Dizayn tanlash

Shaxsiy dizayn

Faqat siz uchun dizayn

G‘oyangizni ayting — boshqa hech kimda bo‘lmaydigan taklifnoma tayyorlaymiz.

Batafsil
04

Savollar

Taklifnomaga qanday buyurtma beriladi?

Yoqtirgan dizayningizni tanlang, ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Keyin Telegram’da tayyor xabarni bizga yuboring. To‘y ma’lumotlari va to‘lovni kelishamiz, taklifnomangizni tayyorlab, havolasini yuboramiz.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

To‘lov usulini Telegram’da kelishamiz. Payme, Click, kartaga o‘tkazma yoki naqd pul orqali to‘lashingiz mumkin. Har bir taklifnoma uchun bir marta to‘lov qilinadi — oylik obuna yo‘q.

To‘ydan keyin ham taklifnomani ko‘rish mumkinmi?

Ha. E’lon qilingan taklifnomangiz muddatsiz ochiq qoladi. To‘ydan keyin ham uni havola orqali ochib ko‘rishingiz mumkin.

Taklifnomani ochish uchun ilova kerakmi?

Yo‘q. Mehmonlaringiz yuborgan havolangizni bosib, taklifnomani brauzerda ochishadi. Ilova o‘rnatish yoki ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Kimlar kelishini qanday bilish mumkin?

Mehmonlaringiz taklifnomaning o‘zida kelishlarini tasdiqlashadi. Javoblarni ko‘rishingiz uchun sizga alohida maxfiy havola beramiz. Ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

O‘z suratlarimiz va musiqamizni qo‘sha olamizmi?

Ha. Suratlaringizni buyurtmadan keyin Telegram orqali yuboring. Musiqani buyurtma shaklidagi qo‘shiqlardan tanlang yoki o‘zingiz yoqtirgan qo‘shiqni bizga yuboring.

Qaysi tillarda?

O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Taklifnoma siz tanlagan tilda tayyorlanadi.

Yaqinlaringizni to‘yingizga chiroyli taklif qiling

To‘yingizga mos dizaynni tanlang. Ma’lumotlarni Telegram’da kelishamiz, taklifnomangizni biz tayyorlaymiz.

Dizayn tanlash

Buyurtma berish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Savolingiz bormi? Telegram’da yozing